O‘zbekiston | 16:52 / 02.07.2018
55499
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng kam ish haqi 7 foizga oshirilishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda eng kam ish haqi 7 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.

«Iyul oyining ikkinchi yarmida EKIH miqdori 7 foizga oshirilishi kutilmoqda», deydi vazirlik vakili.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta, 2017 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabrdan oylik ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Unga ko‘ra, byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilgan. Ayni paytda eng kam miqdorlar quyidagicha:

- ish haqi — oyiga 172240 so‘m;

- yoshga doir pensiya va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336880 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206720 so‘m miqdorida.

Mavzuga oid