Amerikaning J.D.Power kompaniyasi Şimoliy Amerikada avtomobil bozorida turli tasniflar böyiça eng işonçli transport vositalari röyxatini e'lon qildi. Agar yöltanlamaslar e'tiborga olinmasa, Genesis, Kia va Hyundai eng işonçli avtomobil markalari deb topildi. Volvo, Jaguar va Land Rover reytingni eng quyi örinlarini egallagan.
Amerikaliklar Hyundai Tucson modelini kiçik ölçamli krossoverlar turkumiga kiritişgan. U öz tasnifida eng işonçli deb baholangan. Biroq Kia Sportage va Mitsubishi ASX ham undan qolişmasligi ma'lum bölgan.

Ularga bu borada qimmat avtomobillar orasida BMW X1 va Mercedes-Benz GLA raqobat qilişi mumkin.


Buick Envision — eng işonçli ixçam krossover. Honda CR-V undan unçalik ham qolişmaydi.

Lincoln MKC — eng qimmat ixçam işonçli krossover deb topilgan. Porsche Macan va Mercedes-Benz GLC ham yomon emasligi qayd etilgan.

Örta ölçamdagi krossoverlar orasida Kia Sorento yetakçilik qilmoqda. Amerika avtohavaskorlari bu tasnifda Hyundai Santa Fe, Ford Explorer va Nissan Murano modellarini ham yuqori baholaşgan.














