Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorovga köra, yangi soliq Kontseptsiyasining tasdiqlanişi tez orada yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ham qabul qilinişiga turtki beradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Moliya vazirining ta'kidlaşiça, joriy yil yakuniga qadar yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va Byudjyet kodekslari qabul qilinişi kutilmoqda. Yangiliklarning tarixiy voqealigi şundaki, kodeksda şu paytgaça amaldagi soliq yuklama va stavkalari aniq belgilanmagandi. Endilikda bunday bölmaydi, kodeks eng oddiy işçi uçun ham sodda va ravon bölişi kutilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalar boşqaruvi milliy agentligi direktori örinbosari Gözal Islomova esa hujjatlarning qabul qilinişi bilan odamlarning fikrlaşi ham özgarişi lozim, deb hisoblaydi.

"Eng katta masalalardan biri - biz soliq tölaşga nisbatan qaraşimizni qayta körib çiqişimiz kerak. Tuşunişimiz lozim: vijdonan davlatga tölangan soliqlar, kelajakda çegaralarni qöriqlaş, obodonlaştiriş, bolalarimizning ta'limi, jamoat joylarini yaxşilaş kabi xizmatlar bilan qaytadi. Bularning barçasini davlat bajaradi.

Agar munosabatlarimizni qayta körib çiqolmasak, heç qanday hujjat va normalar davlat islohotlardan kutayotgan samarani bermasligi mumkin", deydi Gözal Islomova.