Facebook Buyuk Britaniyaning sun'iy intellektdan foydalanuvçi texnologiyalarni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Bloomsbury AI kompaniyasini xarid qiliş uçun 30 million dollar sarflaydi.

Britaniya kompaniyasi xususan tabiiy til (NLP)dan foydalanib, matnlarni qayta işlaş texnologiyasiga ham ixtisoslaşgan, bu texnologiya sun'iy intellektga yozilgan matnni tahlil qiliş va uşbu matn böyiça savollarga javob beriş imkonini beradi. Ma'lum qilinişiça, Facebook ijtimoiy tarmoqdagi soxta yangiliklarga qarşi kuraşiş va kontent sifatini qöşimça nazorat qiliş maqsadida mazkur kompaniyani qölga kiritmoqda.
Bu Facebook'ning qator mojarolardan keyin şubhali yangiliklarga qarşi kuraş çoralaridan yana biridir. May oyida Facebook Barselonada soxta yangiliklarga qarşi kuraşuvçi vakolatxonasini oçişi haqida ma'lum qilindi. Bunga qadar kompaniya Germaniyaning Essenida ham şunday markaz oçgan.












