2018 yil aprel oyida jinoyat işlari böyiça Buxoro şaharida A.Jabborov raisligida sud majlisi bölib ötdi. Sudlanuvçi Boltayeva Gulandom Boltayevnaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş, Fohişaxona taşkil etiş yoki saqlaş) jinoyat işi körib çiqildi.
Ma'lum bölişiça, sudlanuvçi G.Boltayeva ğarazli va boşqa past niyatlarda tekin boylik orttiriş maqsadida, öziga tegişli bölgan Buxoro şahar Mustaqillik köçasi 58/3-uy 29-xonadonda fohişaxona taşkil qilib, moddiy manfaatdor böliş maqsadida uyni ma'lum bir vaqtlarga foydalanişga berib kelgan.
Sudlanuvçi G.Boltayeva Özbekiston Respublikasining JK 131-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga şu modda bilan bir yil olti oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
G.Boltayeva zimmasiga quyidagi taqiq (çeklaş)lar yuklatildi:
• tungi vaqtda restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallariga bormaslik;
• ommaviy va boşqa tadbirlar ötkazişda iştirok etmaslik;
• aloqa vositalaridan, şu jumladan, internetdan foydalanmaslik;
• alkogolli içimliklar iste'mol qilmaslik;
• har oyda bir marotaba IIBdan röyxatdan ötib turiş, IIBning roziligisiz yaşaş joyini, iş joyini özgartirmaslik, tegişli ma'muriy hududdan taşqariga çiqmaslik;
• kunning keç soat 21-00 dan ertalab soat 07-00 gaça yaşaş joyidan çiqib ketmaslik.
Hukmdan norozi tomonlar hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran ön sutka içida, sudlanuvçi esa unga hukm nusxasi topşirilgan kundan e'tiboran şu muddat içida şu sud orqali jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuçga kirgandan keyin kassatsiya tartibida şikoyat keltirişga, prokuror protest keltirişga haqli ekanligi tuşuntirib ötildi.











