Ulamolar giyohvandlik bilan şuğullaniş mutlaq harom etilgani haqida fatvo berişgan. Mömin-musulmonlar bu işdan yiroq, biroq ayrim holatlar uçrab turadiki, kişi könglini xira qiladi. Yaşab turgan hayotimizda giyohvandlik balosi qançadan qança umrlarni xarob etayotgani haqida turli voqealar yuradiki, bu voqealardan öz vaqtida xulosa çiqarib, Yaratgan bizga ato etgan ne'matlarga şukr qilamiz.

Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov tomonidan juma mav'izalaridan birida hikoya qilingan voqea kişini mulohazaga çorlaydi. U kişi şunday hikoya qiladi:
 

“Men özim imom sifatida giyohvandlik ortidan qançasining oilasi buzilib ketganining guvohi bölganman. Ertaga töy deganda kuyovning giyohvandligini bilib qolişdi. Töyga aytilgan odamlarni töxtatişning iloji bölmadi. Hofizlarga javob berib yuborildi. Biz amru-ma'rufga bordik. Öşa kuni asrdan oldin töy oldi ehsonda ötiribmiz. Ertasi kuni oş, amru-ma'ruf. Qança odam aytilgan töyga, ularni qanday qilib töxtatib böladi? 

Ertasi kuni hamma kelib ötirdi. Biz töyning egasiga dedikki: “Siz töyxonada turmang, odamlar töyona berişga harakat qilişadi”. Içkariga olib kirib qöydik. Odamlar hayron: kirib ötirişdi hamki, töyning egasi yöq. Kelganlarga bu töy emas, ehson dedik. Falonçi akamizning otalari haqiga ehson bölyapti. Şunday deya bölişi kerak bölgan töyni ehsonga aylantirib yubordik”.

Bu kabi holatlarga tuşmaslik uçun nima qiliş kerak? Giyohvandlik atalmiş qora zanjirning har bir xalqasi bir-biri bilan juda qattiq çambarças boğlangan. Ular domiga tuşmaslik uçun yoki farzandlar, avlodlar bu kabi illat quliga aylanib qolmasliklari uçun oilada tarbiyaviy masalalar tarğibotini kuçaytiriş lozim. Giyohvandlik illatini har doim yomonlayversak, uning mana şunday fojiaviy yakunlanajak qismati haqida gapiraversak, ertaga farzandlarimiz qalbida unga nisbatan mustahkam nafrat örin oladi. Bu kabi köçalarga yaqinlaşmaydi.