2018 yilning 15 iyulidan boşlab byudjyet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,07 baravar oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda şunday deyiladi.
Davlat rahbari imzolagan hujjatga köra, endilikda Özbekiston Respublikasi hududida eng kam:
iş haqi – oyiga 184 300 söm;
yoşga doir penciyalar – oyiga 360 460 söm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 söm;
zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 söm miqdorida etib belgilanadi.
Iş haqi hamda penciyalarga qöşilgan ustama va qöşimça haqlarning barça turlari, eng kam iş haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boşqa tölovlar 2018 yilning 15 iyulidan boşlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam iş haqi miqdoridan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.












