Jahon | 17:18 / 03.07.2018
25000
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik quruvchilarning bankrot bo‘lishida O‘zbekistonning aybi yo‘q - Hamidullo Shermatov

Foto: Dehqonobod kaliy zavodi

«Dehqonobod kaliy zavodi» MChJ Bosh direktori Hamidullo Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, «ZUMK-Injiniring» MChJ kasodga uchrashida zavodning aybi yo‘q. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar tarqatdi

Ma'lum qilinishicha, Shermatov rahbarligidagi korxona permlik kombinat quruvchilari bilan hisob-kitobni amalga oshirgan, biroq bu «ZUMK-Injiniring»ning kasodga uchrashiga ta'sir qilmagan.

Gap shundaki, Perm o‘lkasi arbitraj sudi 25 iyun kuni «ZUMK-Injiniring» MChJ bankrot bo‘lgani haqida ma'lumot bergandi. «ZUMK-Injiniring» vakillarining aytishicha, qurilish bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilganida bu voqeadan qochish mumkin edi. 

Shermatovning ta'kidlashicha, quruvchilar faoliyati davomida 177 million AQSh dollari miqdorida to‘lovlarni qabul qilib olgan. Shundan taxminan 40 million dollar atrofida foyda ko‘rilgan.

Mavzuga oid