Kun.uz saytida “Dehqonobod kaliy zavodi qurilişida qatnaşgan yuzlab işçilar yetti yildan beri maoşini ololmayapti. Aksinça, ularni “formalilar” qörqityapti” sarlavhali maqola e'lon qilingandi. “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati öz tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyatiga daxldor bu masala yuzasidan e'lon qilingan maqola böyiça “Özkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qildi.

“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliy öğitlar zavodi işlab çiqariş quvvatini oşiriş

(II bosqiç)” investitsion loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-1642-sonli qarori asosida “Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi” UK bilan Rossiya Federatsiyasining “ZUMK-Injiniring” MÇJ örtasida şartnoma imzolangan. Tuzilgan şartnomada “ZUMK-Injiniring” MÇJ “Toğ-kon majmua”si, “Osma yuk taşiş kanat yöli” va VL-110 kVa energiya ta'minoti inşootlarini “kaliti bilan topşiriş” (“pod klyuç”) közda tutilgan.

“ZUMK-Injiniring” MÇJ loyihani amalga oşiriş jarayonida Rossiya hamda Özbekistondan mutaxassis va işçilarni şartnoma asosida işga qabul qilgan.

Ijtimoiy tarmoqda “Dehqonobod kaliy zavodi qurilişida qatnaşgan yuzlab işçilar 7 yildan buyon maoşini ololmayapti” rukni bilan e'lon qilingan maqola böyiça ta'kidlaş lozimki, mahalliy fuqarolardan qarzdorlik “Dehqonobod kaliy zavodi” AJdan emas, balki öşa vaqtda pudratçi taşkilot bölgan Rossiyaning “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi va fuqarolar örtasida tuzilgan mehnat şartnomasi böyiça yuzaga kelgan.

Şu bilan birga, “Dehqonobod kaliy zavodi” qurilişi Direksiyasi pudratçi “ZUMK-Injiniring” kompaniyasiga bajarilgan işlar böyiça tölovlarni töliq amalga oşirib borgan. Lekin “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi bu tölovlardan yollangan işçilarning oylik maoşlarini töliq tölab bermagan.

Bundan taşqari, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ “Özkimyosanoat” AJ bilan birgalikda “ZUMK-Injiniring” kompaniyasining sobiq işçilarining tölanmasdan qolgan oylik maoşlarini öz egalariga qaytariş böyiça 2014 yildan buyon muntazam ravişda barça yuridik va taşkiliy çoralarni körib kelmoqda. Buning uçun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ öz mablağlari hisobidan xalqaro darajaga ega bölgan “White & Case” (AQŞ) yuridik kompaniyasini jalb qildi.

Ayni paytda “White & Case” kompaniyasi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining turli miqyosidagi sudlarida jami 205 nafar – sudning undiruv qarorlari mavjud bölgan Özbekiston fuqarolarining “ZUMK-Injiniring” kompaniyasidan iş haqini undiriş masalasi körib çiqilmoqda. Iş haqi undiriş masalasi böyiça bir neçta sud jarayonlari ötkazilib, sud işlari hali ham davom ettirilmoqda.