“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi aksiyalar böyiça mulk huquqi va aksiyalarning 100 foizi uluşi “Asian Chemical Group” MÇJga ötgan. Bu haqda korporativ axborotlar portalida oçiqlangan 2025 yil 8 avgustdagi yiğiliş bayonnomasida keltirib ötilgan. Bunga “KorpInfo” Telegram-kanali e’tibor qaratdi.

“Davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida zavoddagi davlat uluşi pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025 yilning oxirigaça xalqaro bozorda ommaviy savdolarga çiqarilişi közda tutilgandi.

Amalda esa bunday bölgani yöq. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bu borada rasmiy ma’lumot bermadi.

Ma’lumot uçun, Dehqonobod kaliy zavodi – Özbekiston kimyo sanoatidagi eng yirik zavodlardan biri, xususiylaştirişdan oldin aksiyalari “Özkimyosanoat” AJga tegişli edi. Zavod qurilişi 128,2 mln dollarga tuşgan, bu mablağlar – Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (61,7 mln dollar), Xitoy Eksimbanki (41,7 mln dollar) va Kimyo sanoati korxonalarini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi (24,8 mln) kreditlari bölgan.

2025 yilning 1 iyul holatiga köra, kombinatning öz kapitali 2,9 trillion sömni taşkil etadi .

Asian Chemical Group haqida

Xaridor – “Asian Chemical Group” MÇJ 2024 yilning noyabr oyida röyxatga olingan. Faoliyat turi – azotli birikmalar işlab çiqariş. Ustav fondi – 19,6 mln söm.

Kompaniyaning qariyb 51 foiz uluşi OV Industrial Investmens L.L.C-FZ'ga, qolgan 49 foizi “New Industrial Technologies” MÇJga tegişli. Rahbari sifatida Valiullin Ilgiz Azatoviç körsatilgan.

New Industrial Technologies 2022 yilda Özbekistondagi eng yirik tölov operatorlaridan biri Uzpaynet'ning 100 foiz uluşdoriga aylangan edi. 2025 yil yanvarida Paynet kompaniyasi Humo tölov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini 65 mln dollarga xarid qildi.