Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan 12 yillik tarixga ega Dehqonobod kaliy zavodiga press-tur ötkazildi. Zavoddan 42 km uzoqlikdagi Hisor toğ tizmasi etaklarida joylaşgan toğ-kon majmuasiga qilgan sayohatimiz press-turning eng qiziq qismi böldi.

Biz 600 metr çuqurlikka tuşiş uçun maxsus transportda qariyb 6 km şaxta yölini bosib ötdik. U yerda kon oçilgandan beri iş kunining 8 soatini yer qa’rida ötkazadigan qahramonimiz Şavkat Safarovning faoliyati bilan tanişdik.  U hozirda kombayn maşinisti sifatida konning şimoliy qismini özlaştiriş loyihasida qatnaşyapti.

“Bu yerda konçilar bir oiladek, bir-birimizning işimizni töldirib mehnat qilamiz. Asosiy işimiz ruda qazib çiqariş, hozirgi kunda konning zaxirasini kengaytiriş uçun yangi panel oçiş ustida işlayapmiz. Konga 45 km uzoqlikdan qatnayman. Işga kelib-ketişimiz uçun avtobus qöyilgan”, - deydi u.

Ma’lumot berilişiça, kon zaxirasi 100 yilga yetadi. U yerda 182 nafar konçi mehnat qiladi.

“Yiliga kondan 2 mln 100 ming tonna selvinit rudasi qazib çiqarişimiz kerak. Şunga erişiş uçun şaxtaning 9 panelida hamda şimoliy qismida özlaştiriş işlari olib borilyapti. Hozirgi kunda kunlik 900 ming tonnadan ma’dan qazib çiqaryapmiz”, -   deydi toğ-kon majmuasi boşliği Odil Safarov.

Konçilar mehnati bilan qazib çiqarilayotgan xomaşyo Dehqonobod kaliy zavodiiga uzluksiz yetkaziladi. Zavodda soatiga 180 tonna xomaşyo qayta işlanadi. Rudadan kaliy öğitini ajratib olişdek qiziq va murakkab jarayon bilan zavod boş texnologi Şamsiddin Xolmurodov taniştirdi.

“Zavod tegirmonida silvinit rudasi 1 mm hajmda maydalanib, saralab olingaç, flotatsiya jarayoniga uzatiladi. Keyin ularga kimyoviy reagentlar berilgaç, ma’dan loy-şlamlardan tozalanib, çökma hosil qiladi. Şundan söng kaliy xlor ma’danlarini öziga biriktirib, köpik bilan yuqoriga olib çiquvçi yiğuvçi reagent beramiz. Şu tarzda bosqiçma-bosqiç kaliy xlorni ajratib olamiz”, - deydi u.