Tailandda iyun oyi oxirida toğdagi ekskursiya çoğida yöqolib qolgan futbol maktabining 12 nafar öquvçisi va ularning öqituvçisi ğorda qamalgança qolmoqda. «Bi-bi-si» xabariga köra, ularga yana bir neça oy öşa yerda qoliş taklif etilgan.

Kuçli yomğirlar tufayli ğorga boriş yöli tösilib qolgan va şu tufayli qutqaruvçilar ğor içiga yetib bora olişmayapti. Bolalar suv bosgan hududdan suzib ötişlari talab etiladi, lekin bu iş juda xavfli va tajribasiz hamda kuçdan qolgan bolalar buni uddalay olmasligi mumkin. Şu tufayli ulardan yomğirlar mavsumi yakunlanguniça, sentabr yoki oktabr oyigaça ğorda qoliş söralmoqda.

Suvni boşqa joyga burib yuboriş uçun urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Agar bolalar ğorda qolişsa, ular oziq-ovqat va hayot uçun zarur boşqa mahsulotlar bilan ta'minlanadi, ularga şuningdek şifokorlar yuboriladi.

11 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar hamda 25 yoşli erkak qidiruv işlarining töqqizinçi kunida topildi. Ular mamlakat şimolidagi Çiangray viloyati hududidagi ğorga kirişdan 4 kilometr içkarida aniqlangan. Bu guruh ğor içiga kirganida quruq bölgan, ammo tezda yomğir yoğib, kiriş toşlar bilan tösilib qolgan.