Veon Ltd. Telekommunikatsiya xoldingi (avvalgi Vimpelcom Ltd. - Özbekistonda Bilayn savdo belgisi bilan yaxşi ma'lum) Italiyadagi qöşma korxonasi tarkibidagi 50 foiz aksiyasini hamkoriga sotişga kelişib olgan. Kompaniya 2016 yil kuzida Italiyadagi şoxobçasini Hutchison Holdings şö'ba korxonasi bilan birlaştirib, Wind Tre qöşma korxonasini taşkil etgan edi. Endilikda u özining 50 foiz aksiyasini ayni kompaniyaga
2,45 mlrd yevro (2,867 mlrd AQŞ dollari atrofida) evaziga sotadi, deyiladi Veon xabarida.
TASS agentligining xabar qilişiça, şu yilning uçinçi yoki törtinçi çoragida yopilişi kutilayotgan bitim natijasida Veon Italiyadagi qöşma korxona tarkibidan töliq çiqadi. Albatta, dastavval mazkur kelişuv Yevropa va Italiya idoralari tomonidan ma'qullanişi kerak.
Xolding Italiyadagi kelişuvdan olgan pulning bir qismini ayrim aktivlarni töliq nazoratiga olişga yönaltirişni rejalaştirmoqda. Xususan, Veon özining Global Telecom Holding S.A.E. tuzilmasiga Pokistondagi Jazz operatori va Bangladeşdagi Banglalink kompaniyasidagi uluşlarni jami 2,55 mlrd dollarga xarid qilişni taklif qilgan. Bu bitimlar 2018 yil törtinçi çoragida yopilişi kutilmoqda. Buning uçun kompaniya aksiyadorlari va davlat idoralari ma'qullaşi talab etiladi.












