Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida MJTKga, «Reklama töğrisida», «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida» va «Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi qonunlarga kiritiladigan tuzatişlarni öz içiga olgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
 
Eslatib ötamiz, oktabr oyida «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisida»gi Qonun kuçga kirgan, deb yozmoqda Norma. 
 
Biroq ayni paytda mazkur çeklovni buzganlik uçun javobgarlik alohida qayd etilmagan. Qonun loyihasida uşbu kamçilik bartaraf etildi:
 
a) taqiqlangan joyda çilim va «ye-sigaretalar» çekkanlik uçun EKIHning 1/3 qismi (67 577 söm) miqdorida jarima solinadi. Bugungi kunda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uçun xuddi şunday jarima belgilangan (MJTKning 56-1-moddasi);
 
b) çilim va elektron sigaretalar çekiş uçun jamoat joylarida (Qonunning 6-moddasida sanab ötilganlari bölsa kerak) joylaşgan xonalarni yoxud çilim hamda veyplarning özini foydalanişga berganlik uçun alohida modda nazarda tutilmoqda. Buning uçun ança yuqori miqdorda: fuqarolarga 5 EKIHdan 10 EKIHgaça (1 013 650 söm – 2 027 300 söm), mansabdor şaxslarga 10 EKIHdan 15 EKIHgaça (2 027 300 söm – 3 040 950 söm) jarima soliş taklif etilgan.
    
Bundan taşqari, Qonunda çilim va elektron sigaretalar çekişni reklama hamda tarğib qilişga yöl qöymaslik nazarda tutilgan. Şu sababli «Reklama töğrisida»gi Qonunga kiritiladigan tegişli tuzatişlar tayyorlangan. Boşqalar qatori, quyidagilar taqiqlanadi:

• bunday mahsulot namunalarini bepul tarqatiş;
• ularning nomi, tovar belgisi yoki tasviri namoyiş etiladigan tadbirlarga homiylik qiliş;
• şunday nomlar va tovar belgilaridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, boş kiyimlari, öyinlar va h.k.) tarqatiş, şu jumladan sotiş;
• savdo obektlarining fasadi, kiriş (maşinada kiriş) joyi, peştaxtalari, kötariladigan predmetlari va boşqa joylarida ularning tasvirlari, nomlari va ular haqidagi boşqa axborotni örnatiş.   
 
Çilim va elektron sigaretalar qonunga xilof ravişda işlab çiqarilişi va realizatsiya qilinişiga qarşi kuraş olib boriladi («Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi Qonun). Bolalarda çilim yoki veyp çekiş xohişini uyğota oladigan axborot ular uçun taqiqlangan bölib, «18+» belgisi bilan markalanişi kerak.