Xitoy 2030 yilgaça Long March-9 raketa-taşuvçisini qurmoqçi. Raketaning ölçamlari esa uni tarixdagi eng katta raketaga aylantiradi, deb yozmoqda Daily Mail naşri.
Ma'lumotlarga köra, uşbu raketa Yer atrofidagi orbitaga 130–140 tonna foydali yuk olib çiqa oladi. Bu esa uning eng yaqin raqobatçisi, yuk kötarişi 64 tonnani taşkil qiluvçi Falcon Heavy’nikidan ança köproqni taşkil qiladi.
Raketaning aniq ölçamlari hozirça noma'lum, biroq ma'lum qilinişiça, uning diametri 10 metrgaçani taşkil qilişi mumkin. Raketa har birining diametri 5 metrgaça keladigan 4 ta dvigatel bilan jihozlanadi.
Raketaning konstruksiyasi va dasturiy ta'minotini işlab çiqiş bilan Xitoy koinot texnologiyalari akademiyasi şuğullanmoqda.












