Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinida bortida 140 ga yaqin yölovçi bölgan parom çökib ketdi. Oqibatida kamida 11 yölovçi halok bölgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ma'lum qilinişiça, 30 dan köproq odam qutqarib olingan. Ulardan 8 nafari şifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida qutqaruvçilar iş olib bormoqda. Ta'kidlanişiça, parom sohildan 200 metr narida çökib ketgan. Qutqaruv amaliyoti yomon ob-havo şaroiti tufayli qiyin keçmoqda. Ba'zi yölovçilarning egnida qutqaruv jiletlari bölgan.
“Biz amaliyotni politsiya, armiya, qutqaruv-qidiruv agentliklari va mahalliy aholi yordamida olib bormoqdamiz”, deb aytgan hukumat vakillaridan biri.
Parom nafaqat yölovçilarni, balki avtomobillar va yuk maşinalarni olib ketayotgan bölgan. U odamlarni Sulavesidan Selayar oroli tomon ötkazişi kerak bölgan. Parom kuçli şamol va baland tölqin kötarilişi oqibatida çökib ketgan.
Indoneziyada şunga öxşaş voqea 17 iyunda Sumatra oroli yaqinida yuz bergandi. Bortida 200 ga yaqin yölovçi bölgan parom çökişi oqibatida 180 ga yaqin odam halok bölgan.












