Toşkentning Maxtumquli köçasidan Abdulla Qodiriy köçasiga harakatlaniş tiklangani haqida avval xabar berilgan edi. Endilikda, Abdulla Qodiriy köçasidan Maxtumquli köçasiga harakatlaniş, şuningdek, Maxtumquli köçasida joylaşgan Katolik çerkovi tomon qayrilib olişga ruxsat beriş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar IIBB saytida xabar qilinmoqda.

“Toşkent şahar IIBB YHXB qöşimça qulayliklar yaratiş va yöl harakatini taşkil etişni yaxşilaş maqsadida Maxtumquli köçasidan A.Qodiriy köçasiga hamda A.Qodiriy köçasida Maxtumquli köçasiga ikki tomonlama harakatni tiklaş, Maxtumquli köçasida joylaşgan Katolik çerkovi qarşisida qayrilib olişga ruxsat beriş masalasini körib çiqmoqda.
Eslatma. Xaritada oç yaşil tusda belgilangan yöl oçilgan, sariq rangdagi qismlari körib çiqilmoqda”, - deyiladi xabarda.










