Şifokor körigiga qadar birinçi tibbiy yordam körsatiş — bu jabrlanuvçining hayoti va soğliğini saqlaş hamda tiklaşga yönaltirilgan çora-tadbirlar kompleksi. Bunday birinçi yordam jabrlanuvçi özini yomon his qila boşlaganida uning yonida bölgan kişilar tomonidan körsatiladi. "Layfxaker" M.Seçenov nomli "MGMU" klinik markazining fojialar travmatologiyasi, ortopediya va jarrohligi kafedrasi mudiri Aleksey Liçagin bergan ma'lumotlarga asoslanib, şifokor kelguniga qadar körsatiladigan birinçi yordam haqidagi ma'lumotlar bilan bölişdi.
1. Jgutni zarurat bölsa-bölmasa boğlaş
Taom tayyorlaş, qayçi bilan işlaş, tomorqa işlari — jarohat oliş uçun sabablar talaygina, biroq har qanday holatda ham jgut boğlaşga şoşiş kerak emas. Uni faqat arterial qon oqimi kuzatilgandagina boğlaşadi. Bunda qon rangi alvon qizil rangda böladi. Töq rangdagi qon venadan çiqayotgan böladi, bunda qonni bandaj bilan töxtatiş kerak.

2. Burundan qon ketganda boşni orqaga qiliş
Burun haddan taşqari isiş hamda me'yordan ötuvçi jismoniy faollik natijasida qonaşi mumkin. Bunday holatlarda aslo boşni orqaga qila körmang. Jabrlanuvçini ötkazib, uning boşini biroz pastga qarating va yiğilib qolgan qonning oqişiga imkon bering. Şundan söng burunning yuqori qismini 10 daqiqaga siqib turiş kerak.

Agar bu yordam bermasa, burun teşigiga 15 daqiqaga doka yoki paxtali tampon joylaş va burunning ustidan muz qöyiş kerak. Agar bu usul ham yordam bermasa, yaqin oradagi tibbiyot muassasasiga yöl oliş kerak böladi.
3. Termik yoki quyoşdan kuyişda qatiq suriş
Ziyon yetgan teriga plyonka hosil qiluvçi moddalarni surmang. Qatiq, smetana, yoğ, tiş pastasi, kartoşka va asal şular jumlasidandir. Kuyiş holatlarida jabrlangan joyni ilk soniyalardanoq sovuq suvga qöyiş kerak. Dorixonadan sotib olingan maxsus kuyiş preparatini qöllaş - eng maqbul yöl.













