Birinçi qon guruhiga ega kişilarda oğir jarohat natijasida hayotdan köz yumiş xavfi boşqa qon guruhiga ega kişilarga nisbatan deyarli uç baravar yuqori ekan. Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti şifoxonasi olimlari 901 nafar tez yordam bemorining ma'lumotlarini örganib, şunday xulosaga kelişdi. Tadqiqot natijalari Critical Care jurnalida taqdim etildi.

Ma'lum bölişiça, oğir jarohat olgan bemorlar orasida birinçi qon guruhiga ega kişilarning hayotdan köz yumiş xavfi 28 foizga teng ekan. Boşqa guruhlarda esa bu körsatkiç 11 foizga teng.

Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Vataru Takayamuning sözlariga köra, qon guruhi va jarohatlar natijasidagi ölim holatlarining örtasidagi özaro aloqadorlikka oid işlar juda kam bölgan. Bundan avval olimlar birinçi qon guruhiga ega kişilarda qon ivişi jarayoni yomon keçişi tufayli qon yöqotiş xavfi yuqori ekanini aniqlaşning uddasidan çiqişgandi. Bu uşbu qon guruhiga ega kişilarda  Villebrand foni (qon plazmasi glikoproteini) omilining pastligi bilan boğliq bölişi mumkin. 

Yangi tadqiqot mualliflari aynan şu sababli birinçi qon guruhiga ega kişilarda ölim xavfi yuqori ekanini taxmin qilişmoqda.

"Bizning tadqiqotimiz şuningdek oğir jarohat olgan birinçi qon guruhi eritrotsitlarini şoşilinç quyiş gomeostaz (qon ketişini töxtatuvçi jarayon)ga qanday ta'sir körsatişi mumkinligi va boşqa qon guruhidagilarga nisbatan qandaydir farq bor yoki yöqligiga oid savolni ham yuzaga keltiradi", - deydi Takayama. 

Şuningdek u oğir jarohat olgan bemorlarni davolaş uçun mukammal strategiyani rivojlantiriş uçun bu yönalişdagi tadqiqotlarni davom ettiriş zaruratini qayd etdi.