«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Yuventus» taklifini qabul qilgan. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, Madrid klubi uşbu 33 yoşli futbolçisini 100 million yevrodan ortiqroqqa sotişni közlamoqda.
Ronaldu 26 may kuni Çempionlar ligasi finalidan keyin şu yozda «Real»dan ketişiga işora qilgandi. Uning bu niyati jamoa prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yomonlaşgani bilan izohlanmoqda.
Qayd etilişiça, hozirça klublar örtasida kelişuv tuzilmagan, turinliklar futbolçi uçun 100 million yevrodan ortiq mablağ tölamoqçi emas. Şu bilan birga, uning özi bilan yiliga 30 million yevro tölaş nazarda tutilgan 4 yillik şartnoma tuzilişi mumkin.
Bundan oldinroq Marca naşri portugaliyalik yulduz şu yil boşidayoq «Real»dan ketiş haqida bir qarorga kelib bölgani haqida xabar tarqatdi.
Yanvar oyida «qaymoqranglilar» rahbariyati Ronalduga 100 million yevro narx belgilagani uning şunday qaror qabul qilişiga sabab bölgani aytilmoqda. Öşa vaqtda klubdagilar Ronalduning Xitoy yoki AQŞ jamoalaridan biriga ötişiga işonişgan. 5 karra «Oltin töp» sohibi öziga qöyilgan narxdan xabar topgaç, «100 million yevroga baholaşgan bölsa, u holda men ular uçun sevimli emas ekanman», - deya ketiş niyatini köngliga tugib qöygan.












