Xalqaro Futbol federatsiyasi – FIFA JÇ-2018 finaliga Tayland ğorlaridan birida tösilib qolgan yoş futbolçilar va ularning murabbiylarini taklif etdi. Bu haqda FIFA rahbari Janni Infantinoning ularga yöllagan maktubida yozilgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Maktub Tayland futbol assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan.
«Agar, barçamiz umid qilganimizdek, ular yaqqin kunlarda öz oilalari bilan birlaşsa va ularning salomatligi sayohat qilişga imkon bersa, FIFA ularni JÇ-2018 finaliga bizning mehmonimiz sifatida Moskva taklif qilişdan xursand böladi», — deb qöşimça qilgan Infantino.
Taşkilotga köra, ular 23 iyundan beri qutqaruv operatsiyasini kuzatib bormoqda.

Futbol böyiça jahon çempionati finali 15 iyul kuni Moskvaning «Lujniki» stadionida bölib ötadi.


















