Prezident Şavkat Mirziyoyev "Özbekiston Respublikasining taşqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorni imzoladi. Unga köra, Taşqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillaştiriş, uning taşkiliy şakllarini tubdan kengaytiriş, mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinişini ta'minlaş, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etişni kengaytiriş, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş maqsadida:
2018 yilning 1 sentabridan Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötgan yuridik şaxslar:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş böyiça;
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan ötiş asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy könikmalarga ega böliş va xorijiy tillarni biliş darajasini tasdiqlaş borasidagi faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar beriş va akkreditatsiyadan ötkaziş töğrisidagi murojaatlarni körib çiqiş, zarur hujjatlarni tayyorlaş funksiyalarini bajaruvçi işçi organi etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi yuridik şaxs maqomida taşkil etiladi.
Quyidagi xarajatlarni moliyalaştiriş Jamğarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida zöravonlik, majburiy mehnat va kamsitişdan jabrlangan, mehnat va boşqa huquqlari buzilgan, oğir moliyaviy ahvolga tuşgan va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, tirikçilik uçun mablağsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qiliş, şuningdek, ularga moddiy yordam körsatiş;
mehnat migratsiyasida bölgan davrda jarohatlaniş, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat körsatiş talab etilgan fuqarolarga, körsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan tölaş imkoniyati bölmagan hollarda tölangan mablağlar uşbu fuqarolar tomonidan keyinçalik qoplab berilişi şarti bilan, tibbiy xizmat körsatiş;











