Xalqaro oğir atletika federatsiyasi erkaklar va ayollar razryadlarida 10 ta yangi vazn toifasi kiritilişini ma'qulladi. Yangi vazn toifalari ilmiy va statistik ma'lumotlar asosida maxsus guruh tomonidan işlab çiqilgan.
Erkaklar quyidagi vazn toifalariga bölinadi: 55 kg, 61 kg, 67 kg, 73 kg, 81 kg, 89 kg, 96 kg, 102 kg, 109 kg va 109 kg dan yuqoriroq.
Ayollar vazn toifalari esa quyidagiça köriniş oldi: 45 kg, 49 kg, 55 kg, 59 kg, 64 kg, 71 kg, 76 kg, 81 kg, 87 kg va 87 kg dan yuqoriroq.
Har bir razryaddan 7 tadan vazn toifasi Xalqaro Olimpiya qömitasi tomonidan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida joriy qilinişi ma'qullandi.
Erkaklar Olimpiadada quyidagi vazn toifalarida: 61 kg, 67 kg, 73 kg, 81 kg, 96 kg, 109 kg va 109 kg dan yuqoriroq, ayollar esa 49 kg, 55 kg, 59 kg, 64 kg, 76 kg, 87 kg va 87 kg dan yuqoriroq vazn toifalarida iştirok etadilar.
Uşbu sport turida vazn toifalari 20 yildan köproq özgartirilmay kelinayotgandi.












