Fransiya terma jamoasi jahon çempionati 1/4 finalida Urugvayni mağlubiyatga uçratib (2:0), yarim finalga yöl oldi.

Birinçi bölimda Antuan Grizmanning jarima nuqtasidan oşirgan töpini Rafael Varan boşi bilan darvozaga joyladi.

Foto: Twitter 

Tanaffusdan keyin Grizmanning özi raqib jarima maydoni taşqarisidan yöllagan töp Fernando Musleraning qöpol xatosidan keyin darvoza töriga borib tuşdi, urugvaylik darvozabon öziga kelgan töpni ötkazib yubordi. 

Foto: Twitter 

Şu tariqa Oskar Tabares jamoasi 2017 yil martidan buyon ilk mağlubiyatini qabul qildi va turnirni tark etdi. Fransiya esa 10 iyul kuni Sankt-Peterburgda Braziliyani turnirdan çiqarib yuborgan Belgiyaga qarşi yarim final öyinida maydonga çiqadi.

Foto: Sport Ekspress

Frantsuzlarning muvaffaqiyati - Dide Deşamning muvaffaqiyatidir. Uşbu mutaxassisni köp tanqid qilişadi, ammo statistika u bunga loyiq emasligini körsatadi. Fransiya termasi Deşam davrida 2014 yilgi jahon çempionati çorak finaliga çiqqan (Germaniyadan 0:1 hisobidagi mağlubiyat), 2016 yilgi Yevropa çempionatida finalda öynagan (Portugaliyadan 0:1 hisobidagi mağlubiyat) va endi bu safargi turnirda hozirça yarim finalda.

Körinişidan Fransiya uçun bu körsatkiçlar standart körsatkiçlar bölişi kerakdek. Ammo Deşam kelguniga qadar vaziyat ança yomon edi.

2006 yilgi jahon çempionati finalidagi alamli mağlubiyatdan keyin fransuz futbolida xaos yuzaga keldi. Qariya futbolçilarni yiğib olgan Domenek 2008 yilgi Yevropa çempionatida şarmanda böldi - guruh bosqiçidagi oxirgi örin, 3 öyinda töplar nisbati - 1:6.

Yana 2 yil ötib JARdagi jahon çempionati ham barbod qilindi, içki nizolar va guruhda yana oxirgi örin.

Fransiya futboli rahbariyati şundan keyingina murabbiyni almaştirdi - Domenekning örnini egallagan Loran Blan terma jamoa öyinini bir epaqaga keltirdi, ammo jamoa 2012 yilgi Yevropa çempionatini çorak finalda ispanlardan qabul qilingan mağlubiyatdan keyin tark etdi.