Joriy yilda Qurolli Kuçlar akademiyasi (sobiq Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti) taşkil etilganiga 100 yil töladi (1918 yil 12 iyulda taşkil topgan). Şu munosabat bilan 11 – 12 iyul kunlari Qurolli Kuçlar akademiyasida tantanali tadbir ötkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy harbiy ta'lim muassasadan yetişib çiqqan köplab öz kasbining mohir bilimdoni bölgan ofitser va generallar Qurolli Kuçlar faxriga aylangan. Bugun mazkur oliy harbiy ta'lim muassasasi Qurolli Kuçlar akademiyasiga aylantirilgan bölib, uni yanada rivojlantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan tub islohotlar izçil davom ettirilyapti.





Qutluğ sana munosabati bilan taşkil etiladigan tadbir doirasida 11 iyul kuni xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya bölib ötişi rejalaştirilgan. Unda oliy harbiy ta'lim muassasasining Qurolli Kuçlar va Vatan himoyasi uçun ofitser kadrlar tayyorlaşdagi tarixiy hissasi haqida söz boradi. Bilim yurti tarixi haqida tayyorlanayotgan kitob, buklet, hujjatli film, videoroliklar hamda esdalik sovğalari bayramga munosib tuhfa böladi. Ta'lim muassasasi sobiq bitiruvçilari, faxriylar hamda tadbir mehmonlari uçun akademiya böylab ekskursiyalar taşkil qilinadi.

















