Dastlab press-tur iştirokçilariga Qurolli Kuçlar akademiyasi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qöşiqlari hamda kursantlar iştirokidagi qöl jangi körgazmali çiqişlari namoyiş etildi.

Markaziy Osiyoda yagona hamda mamlakatimizdagi tayanç oliy harbiy ta’lim muassasasi – Qurolli Kuçlar akademiyasi bugungi kunda yuqori böğin qömondonlik ofitserlarini tayyorlaydi. Şuningdek, Qurolli kuçlar tarkibini malakali ofitser kadrlar bilan töldiriş hamda mudofaa qurilişi sohasida ilmiy tadqiqotlarlarni amalga oşirişda muhim örin tutadi.

Akademiyada umumqöşin, harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari, Içki işlar vazirligi qöşinlariga kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş fakulteti va Içki işlar vazirligi harbiylaşgan bölinmalari mutaxassislarini tayyorlaş kabi jami 17 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda kursantlarning siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy, liderlik sifatlarini rivojlantirişga yönaltirilgan 20 dan ortiq tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.

Tinglovçi va kursantlarga 10 nafarga yaqin fan doktori, 40dan ortiq fan yönalişlari böyiça falsafa doktorlari, 50 ga yaqin ilmiy unvonga ega bölgan malakali professor-öqituvçilar ta’lim berib kelyapti.

Ma’lum qilinişiça, akademiyada şaxsiy tarkib uçun barça imkoniyatlar, 4000 dan ortiq kitobga, internet va 15 mingdan ortiq elektron adabiyotlarga ega Axborot-resurs markazi faoliyat yuritadi. Markaz akademiya faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, akademiyaning muzeyida ham 100 yildan ortiq tarixga ega eksponatlar va qölyozmalar mavjud.

Press-tur davomida harbiy xizmatçilarning sifatli ta’lim olişi hamda xizmatni ötaşlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, öquv xonalari bilan bir qatorda kursantlar bölinmasi yotoqxonasidagi qulayliklar bilan yaqindan tanişildi.

Bundan taşqari jurnalistlar jangovar texnikalar hamda öqotar qurollar trenajyor komplekslarida bölib, amaliy maşğulotlarni kuzatişdi. Jarayonda mutaxassislar tomonidan harbiy texnikalarni boşqariş hamda elektron tirda nişonlarga öq otiş böyiça iştirokçilarga ma’lumot va könikmalar berib ötildi.