Bugun Qurolli Kuçlar akademiyasi dala-öquv maydoniga taşrif buyurgan mehmonlar, faxriylar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari va harbiy xizmatçilar yangilangan ta'minot bazasi bilan yaqindan tanişişdi.


Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov yangilangan öquv bazasining foydalanişga topşirilişi Qurolli Kuçlar akademiyasi tarixida yangi sahifa oçişini, harbiy ta'lim jarayonini yanada yuqori poğonaga olib çiqişini ta'kidlab ötdi.

Zamon talablari asosida qaytadan qurilgan yotoqxona, tibbiyot punkti, oşxona, öquv xonalari va boşqa binolar har tomonlama qulayligi va körkamligi bilan ajralib turadi.


Öquv jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir körsatişga xizmat qiladigan yangiliklardan biri har bir öquv binosi interaktiv doskalar bilan jihozlanganligidir.

Qurol-aslaha va otiş kafedrasi öqituvçisi podpolkovnik Ruslan Radjabov sözlariga köra, uşbu zamonaviy doska kursantlarni milliy armiyamiz va çet el armiyalarida mavjud bölgan otiş qurollarining işlaş prinsipi va mexanizmlarini örgatişda öqituvçi professorlarga katta qulaylik yaratadi.


Mudofaa vazirining örinbosari general-mayor Azizbek Ikramov mehmonlarni yangilangan öquv bazasi bilan taniştirar ekan, Qurolli Kuçlar akademiyasi tinglovçilari va kursantlari bunday e'tibordan yanada ruhlanib, öz mutaxassisliklarining yetuk egalari bölib yetişişlarini alohida ta'kidlab ötdi.
















