Portugaliya parlamenti 6 iyunda korridani taqiqlaş haqidagi qonun loyihasiga qarşi ovoz berdi. 

Uşbu qonun loyihasi Odamlar, hayvonlar va tabiat partiyasi deputati Andre Silva tomonidan taqdim qilingan. 

Korridaning taqiqlanişiga 230 deputatdan faqatgina 31 nafari ovoz bergan. Silva yiğilişda deputatlarni tanqid qilgan hamda ularning aksariyati uçun axloq tuşunçasidan köra “iqtisodiy manfaatlar” ustunroq ekanligini aytgan.

Ispaniyadan farqli, Portugaliyadagi korridalarda 19-asr örtalaridan buqani arenada öldiriş taqiqlangan, biroq tomoşadan keyin ular jonsizlantiriladi.