Tailandda Txam Luang ğorida 23 iyundan beri qolayotgan ösmirlar futbol jamoasining 12 a'zosi va ularning 25 yoşli murabbiyi qutqaruvçilar orqali yaqinlari nomiga yozilgan maktubni taşqariga berib yuborişdi.
Ğorda qutqaruv işlarini olib borayotgan jangovar ğavvoslar jamoasi daftarning 6 varağida yozilgan maktub suratini tvitterda joylaştirişgan. 11 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalarning ota-onalari 2 haftadan beri ğorga kiraverişdagi çodirli lagerda yaşaşmoqda.

“Biz yaxşimiz, hamma soğ, xavotirlanmang. Taşqariga çiqqanimizda, turfa xil mazali taomlar yemoqçimiz. Çiqişimiz bilan uyga borişni istamoqdamiz. Hurmatli öqituvçilar, bizga köp topşiriq bermang”, deb yozganlar bolalar birinçi varaqda. Bolalardan har biri özining ahvoli haqida öz qöli bilan bir neça qator bitgan.
Hozirda aholining bir qismi tomonidan mas'uliyatsizlikda ayblanayotgan, bir qismi tomonidan esa aksinça qahramon sifatida qabul qilinayotgan murabbiy ham bir varaqda öz sözlarini yozgan.
“Bizni ma'nan qöllab-quvvatlayotganingiz uçun rahmat. Barça ota-onalardan uzr sörayman. Ğorga sizga heç narsa aytmay borgan farzandlaringizni ham keçiring”, deb yozgan murabbiy.
Posted by Thai NavySEAL on Friday, July 6, 2018
Yoş futbolçilar 10 kmlik ğorning 5 km içidagi kamerada qolişmoqda. Ular ğorga kiraveriş joyi suv ostida qolgani sababli taşqariga çiqa olişmayapti. Qutqaruvçilar bolalarni qutqariş uçun uzukun iş olib borişmoqda.













