Toşkent şahrida 6 iyuldan boşlab «Bunyodkor» şoh köçasining Muqimiy köçasidan Kiçik halqa yöligaça (metroning «Çilonzor» bekati) bölgan qismi transport qatnovi uçun yopiladi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma'lum qilgan.
«2018 yil 6 iyuldan Bunyodkor köçasining Muqimiy köçasidan to Kiçik halqa yöligaça bölgan qismida («Çilonzor» metro bekati) quriliş işlari olib borilayotgani munosabati bilan transport vositalarining harakati çeklanişini ma'lum qilamiz. Vaqtinça yuzaga kelgan noqulaylik uçun uzr söraymiz», deyilgan xabarda.
Mazkur yöl ötkazgiç qurilişi ötgan yilning kuzida boşlangandi. «Özbekiston temir yöllari» avvaliga köprik 2018 yilning may oyida, keyinroq iyunda oçilişini ma'lum qilgandi.
Endilikda esa quriliş işlari yoz fasli oxirigaça yakunlanişi aytilmoqda.
«Bunyodkor» şoh köçasi Toşkent şahrining eng uzun, janubiy va şimoliy qismlarini boğlaydigan yöldir. Mazkur yönalişda doim avtomobillar qatnovi tirband. Uşbu magistralda jami 9ta yöl ötkazgiç mavjud bölib, endi ularning soni yana bittaga köpayadi.
Uşbu yöl ötkazgiç uzunligi 667,5 metr bölib, yirik inşoot 8 metr balandlikdagi 23ta ustun oraliğida barpo etilmoqda.
Bunyod etilayotgan inşoot 6ta yölakdan iborat. Zamonaviy yöl ötkazgiç estakada qismining uzunligi 488,5 metr bölib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metrni taşkil etadi.
Umumiy uzunligi 124 metr bölgan ikkita piyodalar ötiş köprigi quriladi. Yangi bunyod etilayotgan yöl ötkazgiçning yoritiş tizimi ham jahon andozalariga mos ravişda barpo etilişi közda tutilgan.












