Joriy yilning 27 iyun kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro K.Z Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasiga ariza bilan murojaat kiladi. Mazkur fuqaro özining arizasida öğli E.A Andijon şahrida joylaşgan, ADU qoşidagi Akademik litseyning 2-bosqiç öquvçisi ekanligini va u öqiş davomida uç kun uzrli sabablarga köra öqişga bormaganligi uçun uşbu litseyning öqituvçisi B.A fuqaro E.Ani 2-bosqiçda qoldirib yuboriş bilan qörqitib, 3-bosqiçga ötkazişni litsey direktori bilan gaplaşib, hal qilib beriş uçun 300 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini, noqonuniy ravişda 300 AQŞ dollari miqdorida pul sörayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy çora körişlikni söraydi.
Yuqoridagi arizaga asosan viloyat IIB jinoyat qidiruv boşqarmasi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, litsey öqituvçisi B.A öquvçi E.A dan kimyoviy işlov berilgan 300 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddalarining 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, xozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon IIB matbuot xizmati










