Taniqli özbek kinoaktyori Karim Mirhodiyev xalqaro kinofestivalda sovrindor böldi.

Foto: Facebook/Şoira Raufboyeva

Yoş kinoijodkorlar kengaşi hamda Kinematografiyani rivojlantiriş markazi boşçiligidagi özbek kino delegatsiyasi ayni kunlarda Qozoğistonning Ostona şahrida bölib ötayotgan 14-halqaro «Yevraziya» kinofestivalida iştirok etdi. Delegatsiya tarkibida Özbekistonda xizmat körsatgan artist Karim Mirhodiyev, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Jahongir Qosimov, kinorejissyor Raşid Malikov, yoş va umidli kinoaktyorlar Alişer Uzoqov, Akbarxöja Rasulov, Şaxzoda Matçonova kabi özbek kinosining taniqli va iste'dodli ijodkorlari bor. «Yevraziya» kinofestivalining asosiy tanloviga qöyilgan 12ta film içida, kinorejissyor Raşid Malikovning «Sabot» deb nomlangan filmi ham ğoliblik uçun kuraş olib bordi.

Uşbu filmda boş rolni ijro etgan Karim Mirhodiyev «Eng yaxşi erkak roli ijroçisi» deb topildi.

Bundan taşqari, kinofestivalda qisqa metrajli filmlar tanlovida esa yoş kinorejissyorlar Abduazim Ilhomjonov hamda Botir Abdurahmonovning «Mama» filmi iştirok etdi. «Karavan» deb nomlangan tanlovdan taşqari namoyişda kinorejissyor Jahongir Qosimovning «Nazira» badiiy filmi tomoşabinlar e'tiboriga havola etildi.

Özbek kino sanoati vakillari ham festival doirasida taşkil etilgan kino bozorida öz pavilonlari bilan iştirok etişdi.

Kinofestivalda Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning taniqli kino va teatr aktyorlari, kino ekspertlari va tanqidçilari iştirok etişdi.

Kinofestival doirasida Eurasia Film Market kinobozori ham taşkil qilindi. Unda 70ta kompaniya qatnaşdi.