11-12 iyul kunlari Bryusselda bölib ötadigan NATO sammiti taşkilotçilari Xelsinkidagi Rossiya-Amerika muzokaralari Yevropa xavfsizligiga salbiy ta'sir qilişi mumkinligidan xavotirdalar. The Sunday Telegraph şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Şimoliy Atlantika alyansi sammitiga tayyorgarlik jarayonida iştirok etayotgan yuqori lavozimli amaldorlar AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan "Yevropadagi xavfsizlik landşaftini qayta şakllantiriş"ga doir muzokaralarni boşlaşidan taşvişdalar, bunga NATO mamlakatlarining "Trampning alyans normalariga muvofiq mudofaa sohasi xarajatlari oşişi töğrisidagi talablarini qondirişdan voz keçişlari" sabab bölişi mumkin.
Ta'kidlaşiça, agar Buyuk Britaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlari mudofaa xarajatlarini oşiriş majburiyatini olmasa, Donald Tramp AQŞ harbiylarini Ukrainadan olib çiqiş va NATOning qöşma öquv maşğulotlarida Amerikaning iştirokidan voz keçiş bilan tahdid qilişi mumkin.












