Apple korporatsiyasi öz mahsulotlariga tarkibiy qismlar yetkazib beruvçilarni iPhone smartfonlariga bölgan talab pasayib borayotganidan ogohlantirdi. CNN telekompaniyasi şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, Apple öz mahsulotlari tarkibiy qismlari yetkazib beruvçilariga qurilmalar uçun komponentlarni işlab çiqarişni taxminan 20 foizga pasaytiriş haqida aytgan. Bu kompaniya uning qurilmalariga bölgan talabning kamayib borayotganini tan olişidan dalolat beradi, deyiladi materialda. 

Bir yil avval korporatsiya komponentlar yetkazib beruvçi korxonalariga taxminan 100 million smartfon (iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X) işlab çiqariş uçun zarur bölgan tarkibiy qismlarga buyurtma bergandi. Bu yil esa Apple 80 million qurilma işlab çiqariş uçun zarur bölgan  komponentlarga buyurtma qilgan.

Manbada ta'kidlanişiça, kompaniya sarmoyaçilari bundan avval iPhone'ning dunyo miqyosidagi sotuvlari borasida xavotirlarini bildirişgan. Joriy yilning birinçi çoragi davomida Apple 52,2 million smartfon sotgan. Tahlilçilar bu raqamlar 53 milliondan ortiqni qayd etişini taxmin qilişgan edi. Juma kuni Apple aksiyalari 2 foizga pasaydi.

1976 yilda asos solingan Apple korporatsiyasi iPhone smartfonlari, iPad planşetlari, iMac kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iPod musiqiy pleyerlari va boşqa texnikalarni işlab çiqaradi. Ştab-kvartirasi Kupertino (Kaliforniya ştati)da joylaşgan kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 900 milliard dollardan oşadi.