Rossiyada jahon çempionati pley-off bosqiçi öyinlari davom etmoqda.

Çorakfinalda Angliya va Şvetsiya bellaşdi.  Samaradagi «Samara Arena» stadionida keçgan uçraşuv inglizlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Gollar Maguayr va Dele Alli hisobiga yozildi. Har bölimda bittadan gol urgan inglizlar işonçli ğalaba bilan yarimfinalga yöl olişdi.

Angliya 1990 yildan buyon ilk marta, öz tarixida esa uçinçi marta jahon çempionati yarim finaliga yöl olmoqda. JÇ-1990 turniri yarim finalida angliyaliklar GFR termasiga yutqazgandi (1:1, 3:4 penaltilar böyiça), 1966 yili esa Angliya öz tarixidagi yagona jahon çempionligini qölga kiritgan.

JÇ-2018 yarim finalida Angliya 11 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida Rossiya — Xorvatiya juftligiga qarşi öynaydi.

JÇ-2018, 1/4 final
Şvetsiya – Angliya 0:2 
7 iyul, «Samara-Arena» 
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli. 
Şvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reşford, 90), Xenderson (Dayyer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirişlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).