Yerevan meri, sobiq öng respublikaçilar partiyasi a'zosi Taron Margaryan duşanba, 9 iyul kuni iste'foga çiqdi, deb xabar berdi Sputnik Armaniston öz manbasiga tayanib.

Naşrning ma'lumot berişiça, mer vazifasini vaqtinça uning birinçi örinbosari Kamo Areyan bajaradi. Meriya matbuot xizmati hozirça bu xabarni rasman tasdiqlamadi.

Avvalroq Yerevanda Margaryan iste'fosini talab qilib namoyişlar ötkazilgandi. Namoyişçilar uning boşqaruvi samarasiz ekanligini bildirişgandi. Bundan taşqari, internetda Margaryanning yirik mablaği va mulki borligi haqidagi film joylaştirilgandi.

Taron Margaryan — Armaniston respublikaçilar partiyasi asosçilaridan biri, Armaniston sobiq boş vaziri Andranik Margaryanning öğli. U 2011 yildan buyon mer sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.