Qoraqalpoğistonlik yoş jurnalist Furqat Yusupov vafot etdi. Bu haqda «Kun.uz»ga marhumning yaqin döstlari ma'lum qilişdi.

26 yoşli jurnalist va bloger Furqat Yusupov özbek va qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boruvçi «Kruz.uz» sayti asosçisi edi. Marhum dolzarb tanqidiy va tahliliy maqolalari bilan jamiyat hayotida faol iştirok etib kelayotgan yoşlardan edi.

Ma'lum bölişiça, Furqat Yusupov 7 iyul kuni suvga çökib ketgan. Uning jasadi 8 iyul kuni topildi.

«Kun.uz» tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.