Jazirama ob-havo şaroiti fonida hatto juda sifatli va foydali oziq-ovqat mahsulotlari ham soğliq uçun xavfli şaklga kirişi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mikroorganizmlar yuqori harorat şaroitida tez köpaya boşlaydi. Bu ayniqsa oqsil va uglevodlari köp bölgan mahsulotlarga tegişli, deyiladi Hvylya naşrida.
Şunday qilib, issiq yoz kunlarida soğliqqa zarar yetkazişi mumkin bölgan mahsulotlar quyidagilar:
Pişiriqlar. Şifokorlar, eng avvalo, naçinkali pişiriqlarga alohida e'tibor qaratişni maslahat berişmoqda. Masalan, göşt yoki tvorogga tuşgan bakteriyalar ularda juda tez köpaya boşlaydi. Kremli pişiriqlar ham şular jumlasiga kiradi. Şuning uçun yozda taşqaridan tayyor pişiriqlarni sotib olmagan ma'qul.
Kolbasa, tovuq göşti va paştet. Bu mahsulotlarni xarid qilar ekansiz, ularni saqlaş muddati va şaroitlariga e'tibor bering. Agar bu mahsulotlar muzlatgiçdan taşqarida saqlanayotgan bölsa, ularni sotib olmang.
Baliq. Ayniqsa, yapon taomlariga taalluqli. Ekzotik taomlarni yoqtiruvçilar yozgi mavsumda bunga alohida e'tibor qaratişlari lozim. Yuqori harorat ta'siri ostida baliq göştidagi bakteriyalar juda tez köpayadi.
Tayyor salatlar. Dökon yoki umumiy ovqatlaniş joylarida salat xarid qilayotib, uning tarkibiga e'tibor bering. Agar ingridiyentlar orasida baliq, tovuq göşti, pomidor, mayonez bölsa, yanada ehtiyot böling.












