Yanvarda Qozoğistonning ğarbida 52 kişining hayotini olib ketgan avtobusdagi yonğin böyiça jinoiy iş sudga topşirildi.
Voqea Qozoğistonning Oqtöbe viloyatida yuz bergandi. Samara-Çimkent yönalişi böyiça qatnovçi avtobus yonib ketişi oqibatida 52 nafar özbekistonlik halok bölgandi. Avtobusda hammasi bölib 57 kişi bölgan. 5 kişi, jumladan avtobusning haydovçilari bölgan 3 qozoğistonlik tirik qolgandi. Avvalroq prokuratura yonğinga haydovçilar tomonidan avtotransportdan foydalaniş va yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi sabab bölganini ma'lum qilgandi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu yonğinda 5 kişi: avtobusning haydovçilari va avtobusning reys oldi texnik körigiga javob bergan “Aziya tranzit servis” kompaniyasining ta'sisçisi va mexanigi aybdor deb topilgan.
Kompaniya ta'sisçisi tijorat taşkilotlarida öz vazifalarini tegişliça bajarmaslik, ikki yoki undan köproq şaxsning ölimiga olib kelgan, nosoz avtotransportni foydalanişga çiqariş, rasmiy hujjatni qalbakilaştiriş, qalbaki hujjatdan foydalaniş moddalari böyiça javob beradi.
Mexanik esa ikki yoki undan köproq şaxsning ölimiga olib kelgan, nosoz avtotransportni foydalanişga çiqariş, haydovçilar esa ikki yoki undan köproq şaxsning ölimiga olib kelgan, avtotransportdan foydalaniş qoidalarining buzilişi va ehtiyotsizlik sababli ikki yoki undan köproq şaxsning ölimiga olib kelgan, yonğin xavfsizligi qoidalarining buzilişi moddalari böyiça javob beradilar.
Haydovçilarga ehtiyot çorasi sifatida hibsga oliş, kompaniya ta'sisçisi va mexanigiga esa garov puli evaziga ozodlikda qoliş çorasi qöllangan. Bundan taşqari, avtobus egasi xalqaro qidiruvga berilgan.


















