Allohning muhabbatiga erişiş eng oliy baxt. Bu fikrni har tomonlama isbotlasa böladi. Inson insonning muhabbatini qozonsa, qançalik mehrga, yaxşilikka erişadi. Alloh muhabbatini qozoniş esa, bundanda ulkan baxtga, saodatga olib boradi. Nafaqat bu dunyoda, balki abadiylik makoni oxiratda ham.

Xöş, qanday amallar kişini Alloh muhabbatiga eriştiradi. Özbekiston Musulmonlari idorasining Muslim.uz saytida keltirilgan maqolada bu haqda söz boradi.

1. Qur'oni Karimni, uning ma'nolarini tadabbur qilib qiroat qiliş. Ya'ni, kalomullohning har bir oyatini tuşungan holda, ularning zamirida yotgan ma'nolarni tafakkur etib, tilovat qiliş.

2. Farz ibodatlarni ado qiliş bilan birga nafllarni ham qilib boriş! Alloh taolo hadisi qudsiyda nafllarni qilib yurgan bandasini yaxşi körib qolişini aytgan.

3. Allohning zikrini doim til, qalb, amal va hol bilan qilib boriş! Ya'ni, Alloh tomonidan buyurilgan amallarni ham jismoniy, ham ruhiy tomondan amalga oşiriş zarur. Ana şunda inson taşqi va içki tomondan mutanosib ixlosga erişadi.

4. Oxirat işini har qanday dunyo işidan ustun qöyiş! Oxirat işi nima, bu – Allohning farzlarini qiliş va uning qaytariqlaridan qaytişdir.

5. Allohning ismlari, sifatlari haqida öylab, ular töğrisida tafakkur qiliş! Allohning 99 ism va sifati mavjud. Ularning har birida ulkan ma'no va hayot hikmati yaşirin. Ana şular haqida tafakkur qiliş ham Yaratgan muhabbatiga olib boradi.

Yana quyidagi amallar Allohning bandasiga muhabbat qöyişiga sabab bölar ekan:

6. Alloh taoloning marhamatlari, zohiriy va botiniy ne'matlari, ehsonlari haqida öylaş, ularni his qiliş!

7. Uning huzurida siniqlik, xorlik, muhtojlikni his etiş!

8. Keçaning oxirgi qismida xoli qoliş, ibodat, Qur'on tilovati va tavba-istiğfor bilan bedor böliş!

9. Solihlar, muhiblar, sodiqlar va oriflar bilan birga ötirib, ularning hikmatlaridan bahramand böliş!

10. Alloh azza va jalla bilan banda örtasiga tösiq böladigan har qanday gunohlardan tiyiliş!