8 iyul kuni internetda Toşkent şahri, Şayxontohur tumani hududidagi «Malika» savdo majmuasida piçoqbozlik röy bergani haqida videoxabar tarqalgandi. Toşkent şahar IIBB saytida bu haqda nisbatan batafsil axborot berildi.
Keça, 8 iyul kuni, soat taxminan 17:30 da Şayxontohur tumani «Malika» savdo majmuasi hududida sotuvçi, 1988 yilda tuğilgan N.A. hamda xaridor, 1989 yilda tavallud topgan A.Ş. örtasida kelişmovçilik yuzaga keldi. Natijada muqaddam sudlangan A.Ş. sotuvçining kökrak qismiga tan jarohati yetkazadi va özining Nexia avtomaşinasida voqea joyidan qoçib ketdi. Jarohat olgan sotuvçiga Yunusobod tumanidagi 7-şahar klinik şifoxonasida tibbiy yordam körsatildi.
Tezkor-suriştiruv işlari natijasida gumonlanuvçining şaxsi va boşqaruvida bölgan avtomobil davlat raqami aniqlandi. Hozirda gumondor qölga olingan.
Ayblanuvçining sözlariga köra, özaro janjal sotuvçi va uning opasi örtasida kelib çiqqan. Uşbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik»), 2-qismi «v» bandi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Bu modda böyiça eng oğir jazo beş yilgaça ozodlikdan mahrum etiş hisoblanadi.












