Toza havoda sayr qiliş inson organizmiga ijobiy ta'sir körsatadi va barvaqt ölim xavfini ança kamaytiradi. Şarqiy Angliya universiteti olimlari şunday xulosaga kelişdi.

Ilmiy guruh 290 milliondan köproq odam iştirok etgan 20ta davlatdan 140dan köproq tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilişdi. Universitet olimlari yaşil hududlarda çeksiz böliş imkoniga ega bölgan va toza havoda kam vaqt ötkazuvçi mijozlarning körsatkiçlarini soliştirişgan.  

«Biz yaşil daraxtlar orasida böliş soğliq uçun turfa va katta ustunliklarga egaligini aniqladik. Bu ikkinçi turdagi qand kasalligi, yurak tomir kasalliklari, barvaqt ölim va barvaqt tuğiş xavflarini kamaytiradi, uyqu davomiyligini uzaytiradi», deb aytilgan tadqiqotda.  

Bundan taşqari, oçiq havoda sayr qiliş stress darajasi, qon bosimi, yurak ritmi va soğliqning umumiy körsatkiçlariga ijobiy ta'sir qilar ekan.  

«Yaşil hududlar yaqinida yaşovçi odamlar jismoniy faollik va muloqot uçun köproq imkoniyatga ega bölsalar kerak. Şu bilan birga tabiiy hududlarda mavjud turli bakteriyalar immun tizimga ijobiy ta'sir qilişi va yalliğlanişlar rivojlanişini kamaytiradi», deb aytmoqda olimlar.

Mutaxassislarning fikriça, sayr qilişning salomatlikka ijobiy ta'siri sabablaridan biri ösimliklar tomonidan hosil qilinuvçi va bakteriyalar köpayişini töxtatuvçi biologik faol moddalar – fitonsidlar bölişi mumkin.

Olimlarning ta'kidlaşiça, oçiq havoda böliş kasalliklar oldini olişning ajoyib usuli va dori-darmon bilan davolaşning muqobili yoki unga qöşimça bölişi mumkin.