O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada 2018/19 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta'lim muassalarida ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari keltirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, endilikda oliy ta'lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi, EKIH oshgan sari to‘lov-kontrakt narxi ham oshadi. 

Shu yilning 15 iyulidan boshlab prezident farmoniga ko‘ra byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 7 foizga oshiriladi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi – oyiga 184 300 so‘mni tashkil qiladi.

1 sentabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari

BAKALAVR

1.
- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta'lim;
- Gumanitar fanlar;
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar;
- Sotsiologiya va psixologiya;
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari;
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya;
- Ijtimoiy ta'minot;
- Sport faoliyati;
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqining 45 baravariga teng – 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming).

2.
- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti;
- Jurnalistika va axborot;
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari;