9 iyulda Tailandda 2 haftaça avval ğorda qolib ketgan 12 nafar yoş futbolçidan yana 4 nafari taşqariga çiqarildi. Bu haqda The Guardian naşri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, ğordan olib çiqilgan bolalar şifoxonaga jönatilganlar.
CNN telekanali ma'lumotlariga köra, bugunga qolgan bolalar va ularning murabbiyini qutqariş işlari töxtatilgan.
8 iyulda ğordan 4 bola olib çiqilgandi.
Ğordagi barça suvni tortib olişning iloji bölmagan, şu sababli bolalar ğordan çiqişgaça bölgan 5 kmlik yölning bir kmçasini suv ostida suzib, qolganini yurib ötmoqdalar. Ular suv ostida suziş uçun möljallangan kiyim-boş bilan ta'minlanganlar. Bolalarga tajribali ğavvoslar hamrohlik qilmoqda.
11 yoşdan 16 yoşgaça bölgan 12 nafar bola va ularning murabbiyi 23 iyunda ğor içiga sayr qilgani kirib ketib, kuçli yomğirlar oqibatida ğordan çiqiş yöllari suv ostida qolgani sababli u yerda qolib ketişgan. Ularni 10 kundan keyingina topişga muvaffaq bölingan.











