Maqsadlarga erişiş, yaqinlar bilan munosabatlarni yaxşilaş va öz-özingiz bilan uyğunlikda yaşaşni qanday qilib osonlaştiriş mumkin?

Tadbirkor Liz Xyuber (Liz Huber) unga muvaffaqiyatli va samarali inson bölişiga yordam bergan eng muhim odatlar röyxatini tuzdi.

Biroq dastlab yangi odatlarga qanday qilib örganiş va ularni amaliyotga joriy etişni yodga olamiz:

Öz odatlaringizni modellaştiring.Haftasiga uç marta yuguriş bilan çeklanmang. Bir kunni tanlang va uni kalendarga kiriting. Keyin belgilangan grafikka amal qiling.

Trigger yarating. Masalan, uyğotgiç, kalendardagi eslatma yoki muayyan harakat (transportga ötiriş yoki uyga kiriş). Vaqt ötişi bilan miya bu muayyan odatga boğliq ekanini eslab qoladi.

Uç hafta davomida bir kunni ham qoldirmang. Bu vaqt davomida odatlar ilgari şakllanadi. Keyin esa u avtomat harakatga aylanadi.

Odatlarni bittadan qöşib boring. Bir vaqtning özida bir neçtasiga qöl urmang. Avvalgisi mustahkam bölib olgaç, keyingisiga öting.

Foto: Layfxaker

Munosabatlar

1. Agar turmuş örtoğingiz bilan ançadan beri birga yaşayotgan bölsangiz, haftada bir marta uçraşuvga çiqişni unutmang. Bu kundalik işlardan uzoqda muloqot qiliş va aloqalaringizni mustahkamlaş imkonini beradi. Uyda keçani birga ötkaziş buning uçun töğri kelmaydi.

2. Ota-onangizdan tez-tez xabar oling. Har kuni bir marta qönğiroq qiling.

4. Sizga qança muloqot yetarli ekanini aniqlang. Agar introvert bölsangiz, haftasiga bir marta yaxşi döst bilan birga ovqatlaniş, dam oliş kunlarini esa oila bilan ötkaziş yetarli böladi. Agar ekstravert bölsangiz, haftasiga bir neça marta qayergadir borsangiz, dam oliş kunlari döstlar kompaniyasi bilan yiğilsangiz böladi.

5. Haftada bir kunni yoki dam oliş kunining bir qismini yaqinlaringizni borib köriş uçun ajrating. Masalan, şahar çekkasiga çiqing, konsertga boring yoki sport öyinlarini öynang. Bu munosabatlarni mustahkamlaydi.

6. Har hafta beşta yangi inson bilan tanişişga harakat qiling. Yoki önta, yoki heç bölmaganda bitta. Bu hozir sizga muloqot doirasini kengaytiriş qay darajada zarur ekaniga boğliq.