"Lester Siti" yarim himoyaçisi Riyod Mahrez faoliyatini "Mançester Siti"da davom ettiradi. Bu haqda "Mançester Siti" rasmiy sayti ma'lum qildi. 

27 yoşli futbolçi şaharliklar bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Mahrez "Mançester Siti"da 26-raqamda töp suradi. 

"Men "Mançester Siti"ga ötganimdan juda ham xursandman. Bu jamoa Pep Gvardiola qöl ostida ajoyib futbol namoyiş etmoqda. "Mançester Siti" öyinlarini hattoki çetdan turib kuzatiş ham yoqimli. Gvardiola hujumkor futbol falsafasiga sodiq va bu menga juda mos keladi. Jamoa ötgan mavsumni ajoyib tarzda ötkazdi. "Mançester Siti" ingliz futbolini özgartirmoqda, men esa uning bir qismi bölişni xohlayman", – dedi Mahrez. 

Avvalroq, "Mançester Siti" Mahrezning transferi uçun "Lester"ga 60 mln funt sterling tölaşi haqida xabarlar tarqalgan edi.