Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan "Nukus" xalqaro aeroportida soatiga 400 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniga ega yangi yölovçi terminali işga tuşirildi. Bu "Özbekiston havo yöllari" Milliy aviakompaniyasi tomonidan hukumat kömagida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini oşiriş, yölovçilarga xizmat körsatiş va respublika aeroportlarining infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça amalga oşirilgan navbatdagi loyihadir.

Mazkur terminal yölovçilar va ularning yuklariga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat körsatiş imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Binoda aviatsiya xavfsizligini yuqori darajada ta'minlaş uçun zamonaviy muhandislik va texnologik jihozlar örnatilgan.

Şuningdek, parvozoldi nazorati va yuk oliş maydonlari kengaytirilgan hamda röyxatdan ötiş ustunlar soni köpaytirilgan. Terminalda mahalliy va xalqaro aviayönalişlar uçun yölovçilar zali, ona-bola xonalari, tibbiyot punkti, valyuta ayirboşlaş şoxobçalari, suvenir dökonlari, kafe-bar va boşqa qulayliklar yölovçilar xizmatida.
Eslatib ötamiz, "Nukus" xalqaro aeroporti har qanday rusumdagi samolyot va vertolyotlarni qabul qiliş imkoniga ega. Uçiş-qöniş yölagining uzunligi 3 ming metr, kengligi 45 metrdan iborat. Aerodromda xalqaro standartlarga javob beruvçi zamonaviy yoritiş-signal va aeronavigatsiya uskunalari örnatilgan.


















