BAA vazirlar mahkamasi sayyohlarga qöşilgan qiymatga soliqni qaytariş tizimini joriy qiliş qarorini qabul qildi. Bu haqda Gulf News naşri ma'lum qildi.
Naşrning ma'lum qilişiça, tizim 2018 yilning 4-çoragidan amal qila boşlaydi. Bunday çoralar BAAning sayyohlik tarmoğini rivojlantirişga ijobiy ta'sir körsatadi.
Sayyohlar tax free dasturida iştirok etuvçi dökonlarda sotib olingan tovarlar uçun qöşilgan qiymatga soliqni qaytib olişlari mumkin böladi.
Ma'lum qilinişiça, 2017 yilda sayyohlik tarmoği BAA yalpi içki mahsulotining 11,3 foizini, ya'ni 154,1 mlrd dirhamni (42 mlrd dollar) taşkil qilgan.
2018 yil 1 yanvarda BAA hukumati qöşilgan qiymatga 5 foizlik soliq kiritgandi.












