Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorida Çingiz Aytmatov xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Toşkent şahrining markaziy köçalaridan biriga adib nomini beriş belgilangan edi.
Kuni keça bölib ötgan xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining öttiz sakkizinçi sessiyasida uşbu masala atrofliça körilib, Yunusobod tumani hududida joylaşgan Bodomzor yöli köçasiga buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov nomini beriş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumot örnida: Ç.Aytmatov Özbekiston Respublikasining «Döstlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uçun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirğiziston Respublikasida Xalqaro Çingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta'sis etilgan.











