Töğrisini aytsam, bu muammo har bir rahbar fe'lidagi va faoliyatidagi oçiqlik bilan boğliq. Ming afsuski, ularning ayrimlariga «yarim oçiqlik», «asta-asta oçiliş»ni davr şitobi kötarmayapti, deb tuşuntira olmayapmiz.

Ayting-çi, hududiga muxbirni kiritişga tösqinlik qilgan, yiğilişlarida jamoatçilik, xususan, deputatlar iştirokini xohlamayotgan öquv yurti yoki ijtimoiy soha rahbarining ombor mudiridan nima farqi bor?

— Sizlar aralaşmagan şu soha qoluvdi, — piçing qiladi ular.

— Bizlar aralaşmaganimiz uçun ham jamoangiz şu ahvolga tuşdi, — tuşuntiradi jamoatçilik. — Prezidentimiz har bir işda odamlar bilan maslahat qiling, fikrini oling, degan talab qöymoqda.

Yöq, bunday odamlar xudbinlikdan voz keçmaydi, faoliyatini atrofidagi tört nafar «şotir»i bilan amalga oşiraveradi.

Murojaatlar bilan işlaş sohasida muntazam tizim yarata olmayapmiz. Xatlar taqdiri uçun birorta mansabdor javob berganini eşitmadim. Vaholanki, takroriy murojaatlar köpaysa-köpaydiki, kamaygan emas. Masalani joyida, mutaxassislar bilan örganiş an'anasi doimo qöllanilmaydi.

Prezident, Boş vazir, ayrim vazirlar aholi fikrini örganiş uçun maxsus veb-saytlar oçgan bir paytda, viloyat, tumanlardagi taşkilot rahbarlari nega bunday qilişmaydi? Heç bölmaganda oyiga bir kun murojaatlar tahlili bilan şuğullansa böladi-ku!

Men bu gaplarni bejiz aytmayapman. Huzurimga kelgan arizaçilar hujjatlarini örganişda savodsiz çiqarilgan qarorlar, bir xil qolipda yozilgan javob xatlariga közim tuşyapti. Ba'zi fuqarolar arizasiga oylab javob olişmagan.

Gazetamizda viloyatda köça va yöl içkarisidagi bino va uy-joylarni bezakli yoritiş uçun şuğullanuvçi xizmat taşkil etiş taklifi aytilgandi. Eng yomoni, bu taklifni mutasaddilar öqib, munosabat ham bildirişmadi. Yangi uylarda telefon (internet) tarmoğini montaj qiliş esdan çiqayotganligi töğrisidagi taklif ham mutasaddilar quloğiga yetib bormadi.

Mahallada taşkilot rahbarlarining hisobot berişining xosiyati şundaki, u öz jamoasi faoliyatiga odamlar munosabatini bilib, öz işini yanada jonlantirişga taklif oladi. Ammo nega bu usulni qöllamayapmiz yoki nomigagina rasmiylaştirib qöyayapmiz? Çunki ayrim rahbarlar buni istaşmayapti.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari örtasida şakllangan nomaqbul bir kayfiyatga ham barham beriş payti keldi, şekilli. Ularning bir-biriga işonçsizligi, kimgadir qonuniy yon bossa "Sen undan bir narsa olding", degan xayolga borişi ba'zan ularga işi tuşgan kişining keragidan ortiq taşviş çekişiga, jabrlanişiga olib keldi. Albatta, bu munosabat advokat va tergovga jalb etilganlar fikrini eşitiş, taqqoslaşda oşkoralikni ta'minlagandagina barham topişi mumkin.